13 mart kuni 4 nafar mutaxassisdan iborat Fransiya delegatsiyasi a'zolari O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Ular avval universitet binolari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o'quv laboratoriyalari, axborot resurs markazi faoliyati va sohaga oid o'quv-uslubiy adabiyotlar bilan tanishdi.
O'zDJTU rektori mehmonlarni kutib olib, ular bilan universitetda ta'lim sifatini ta'minlash hamda o'quv jarayonini takomillashtirish borasida muloqot o'tkazdi Frantsiyaning Puate universiteti bilan hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi.
Fransiyalik mutaxassislar hamda O'zDJTU rahbar-xodimlari va professor-o'qituvchilaridan iborat ishchi guruh O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan ta'lim standartlari, ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari, o'quv reja va dasturlari hamda malaka talablari borasida o'zaro fikr almashdilar. Shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil qilish, O'zbekiston-Fransiya universiteti faoliyatini tashkil qilish bo'yicha istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Kunning ikkinchi yarmida Ishchi gurux a'zolari Roman-german filologiyasi fakultetidagi mashg'ulotlarni kuzatdilar, fransuz tili guruhi talabalari va o'qituvchilari bilan muloqot qildilar.Tashrif yakunida Fransiyalik mutaxassislarning “Fransuz tili kafedrasi” professor-o'qituvchilari bilan o'rganilgan masalalar bo'yicha muhokamasi tashkil etildi. Mehmonlar kelgusida ushbu yo'nalishda ishlarni jadallashtirish borasida kelishib oldilar.