“Global Money Week – 2025” doirasida O‘zDJTUda moliyaviy savodxonlik bo‘yicha trening o‘tkazildi
2025-yil 22-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida “Global Money Week – 2025” xalqaro taʼlim kampaniyasi doirasida moliyaviy savodxonlik bo‘yicha amaliy trening tashkil etildi.
Treningni G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filialining dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi Temur Shaydanov olib bordi. Ushbu treningda universitetning 3-bosqich talabalari ishtirok etib, “Think before you follow, wise money tomorrow” (“Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi”) mavzusida interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashdilar. Trening davomida talabalar moliyaviy rejalashtirish, jamg‘arish madaniyati, shaxsiy byudjetni boshqarish, moliyaviy xavfsizlik va raqamli moliya xizmatlaridan oqilona foydalanish kabi muhim mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.
Ushbu tadbir talabalarning moliyaviy savodxonligini oshirish, ularni ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish hamda shaxsiy moliyaviy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan bo‘lib, “Global Money Week” kampaniyasining asosiy maqsadlariga to‘liq mos keladi.
Tadbirda G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filialining quyidagi iqtidorli talabalari volontyor sifatida faol ishtirok etdilar:
Yaqubova Munisa
Ganieva Aliya
Melkumova Aelita
Irgasheva Kamila