2024-yil 22-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov, bo‘lim boshliqlari va talaba yoshlar bilan birgalikda Toshkent shahri Olmozor tumanida joylashgan 278-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 278-umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, talabadalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan bir qator vazifalar hamda istiqboldagi rejalar kelishib olindi.
Universitet rektori I.Tuxtasinov va 278-maktab direktori G.Akbarova tomonidan hamkorlik shartnomasi imzolanib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Tashrif so‘nggida universitet rektori I.Tuxtasinov maktabning bitiruvchi sinf o‘quvchilari va iqtidorli yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Rektorimiz tomonidan maktab bitiruvchilari universitetimizga taklif etildi.
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, 278-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga o‘quv-uslubiy tomondan ko‘maklashish maqsadida quyidagi ishlar rejalashtirildi:
- O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining tajribali professor-o‘qituvchilari hamda maktab o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv
- maktabda tillar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
- maktab o‘quvchilari uchun chet tili bo‘yicha to‘garaklar va o‘quv kurslar tashkil etish, tillar bo‘yicha musobaqa va olimpiyadalar o‘tkazish;
- maktab kutubxonasini xorijiy tillar bo‘yicha lug‘atlar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan xorijiy adabiyotlar, xorijiy tillardagi turli xil badiiy, ertak, hikoya, she’riy kitoblar bilan ta’minlash;
- maktabda xorijiy tillar bo‘yicha master-klasslar va fan olimpiadalarini o‘tkazish;
- bitiruvchi sinf o‘quvchilari orasidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj kambag‘al oila farzandlarini otaliqqa olib ingliz, fransuz va nemis tillaridan oliy ta’limga kirish imtihonlariga tayyorlash va boshqalar.