Hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugungi marosim ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi muhim hamkorlikni yangi bosqichga olib chiquvchi qadam sifatida ahamiyat kasb etdi. Unda “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik yosh avlodni har tomonlama barkamol, intellektual salohiyatga ega, yurt taqdiriga daxldor kadrlar etib tarbiyalashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Ayniqsa, globallashuv sharoitida xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va zamonaviy bilimlarni egallash muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.

Memorandum doirasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Bu esa kelgusida yuqori malakali, vatanparvar va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga mustahkam asos bo‘ladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube