Hindistonlik talabalar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida amaliyot o‘tamoqda
Banasthali University (Hindiston) bilan imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, ushbu universitetning 6 nafar 3-bosqich talabasi 2025-yil 12-maydan 25-maygacha O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida akademik almashinuv dasturi doirasida amaliyot o‘tamoqda.
Akademik almashinuv dasturida ishtirok etayotgan talabalar:
1. Malan Bhavna
2. Kashish Kushwaha
3. Kapoor Riya
4. Garg Kashish
5. Sharma Vedanshi
6. Shekhawat Tanya Singh
Ularning ikki nafari 10-may, qolganlari esa 12-may kuni Toshkentga yetib kelib, universitet yotoqxonasiga joylashtirildi. Talabalarga Tarjimashunoslik fakultetining Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi biriktirildi. Ular uchun maxsus o‘quv-amaliy dastur ishlab chiqilib, mas’ul shaxslar tayinlandi.
Amaliy tashrif davomida mehmon talabalar Toshkentning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdilar. 18-may kuni esa ular Samarqand shahriga bir kunlik sayohat uyushtirdilar.
Bugun, 21-may kuni, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov xorijiy talabalar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda talabalarga maxsus tayyorlangan sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTUda yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy-amaliy almashinuv dasturlarining ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, hindistonlik talabalarni Yozgi maktab hamda bakalavriat va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun yana universitetga taklif etdi.