Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim uchun abituriyentlarni o'qishga qabul qilish bo'yicha imtihonlar bo'lib o'tdi.

Imtihonlarni universitet rektori vazifasini bajaruvchi Bahrom Kulmatov ochib berdi va barcha abituriyentlarga oldinda turgan sinovlardan muvaffaqiyatli o'tishlarini tiladi.

Imtihon jarayonlarida, 10 dan ortiq ta'lim yo'nalishi bo'yicha ishtirok etayotgan abituriyentlar o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.

Ma'lumot uchun, universitetga 283 nafar talabgor hujjat topshirgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube