- 2024-04-30 05-12
26-aprel kuni O’zDJTU Tarjimonlik fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi va Ekologiya ilmiy tadqiqot instituti hamkorligida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.
“Ekologiya va bugungi kunda ta’limdagi ekologik muammolar” mavzusida bo’lib o’tgan anjumanda O’zDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori O.Yusupov, Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yoʻldoshev, dekan muovinlari M.Musabekova, S.Ibragimov, Sh.Nazarov, Tabiiy fanlar kafedrasi barcha professor-oʻqituvchilari qatnashdi.
Konferensiyada quyidagi mavzularda ma’ruzalar so’zlandi:
- “Ekologik ta’lim va ekologik muammolar”;
- “Chiqindilarning ijtimoiy xavfini baholash — ekologik xavfsizlikning garovi;
- “Ekologiyada GMO mahsukotlarining ahamiyati”;
- “Suv resurslaridan barqaror foydalanish muammolari”;
- “Использование хромосом-замещеных форм как генетических ресурсов у хлопчатника”;
- “Zamburug’lar ekologik bioindikator sifatida”;
- “Oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o’qitishning metodik asoslarini takomillashtirish”.
Konferensiya zarur bilimlarga boy va qiziqarli tarzda o’tdi. Yakunda dastur ishtirokchilari maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.