14-mart kuni O'zDJTU da O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti direktori, akademik Azamat Ziyo bilan ilmiy ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O'zDJTU rektori so'zga chiqib, olimning o‘zbek xalqi va davlatchiligi, temuriylar, boburiylar, shayboniylar, ashtarxoniylar davri tarixiga olimning qo‘shgan hissasi haqida alohida ta’kidlab o'tdi. Shuningdek, institutning xalqaro hamkorligi, ya’ni Turkiya, Hindiston, Misr davlatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, Ispaniya va Italiya bilan amalga  oshirilgan hamkorlik loyihalari haqida ham ma’lumotlar berildi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad, O‘zRFA tarix instituti bilan ilmiy yo‘nalishda hamkorlik o‘rnatish va xorijiy mamlakatlar kutubxonalarida saqlanayotgan  mavjud manbalarni o‘rganishga xorijiy tillarni mukammal biluvchi talabalarni jalb etish orqali ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishga yo‘naltirishga qaratilgan.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube