29-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 29-son majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisi kun tartibidan Murodova Muqadas Ikromovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Satiraning XX asr ingliz va o‘zbek adabiyotidagi o‘ziga xos o‘rni (Ivlin Vo va Abdulla Qahhor ijodi misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi o‘rin oldi.
Filologiya fanlari doktori, dotsent To‘rayeva Bahor Bahriddinovna ilmiy rahbarlik qilgan dissertatsiyasi himoyasida O‘zDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.
Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi.
Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etildi.