14-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengashning 5-son majlisi boʻlib oʻtdi. Ilmiy kengashda quyidagi masalalar muhokama etildi: 1.Yo‘ldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovichning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarga badiiy tarjimani oʻqitishning lingvistik va metodik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi. 2. Samiyeva Sayyora Nematovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Boʻlajak mutaxassislarning ingliz tilida nazariy va amaliy grammatik kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi. 3. Yuldashova Nilufar Muxitdinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Talabalarning yozma diskursiv kompetensiyasini takomillashtirishda TBLT texnologiyasini qoʻllashning linvodidaktik xususiyatlari (jurnalistika yoʻnalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi. 4. Moydinova Elmira Kamariddinovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (xorijiy tillarni oʻqitish metodikasi) ixtisosligi boʻyicha “Maktabgacha taʼlimda boʻlajak ingliz tili oʻqituvchilarining kasbiy kompetensiyasini veb-resurslar asosida shakllantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasini himoyaga qabul qilish masalasi.
Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube