13-dekabrda OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi oʻqituvchisi G.N.Tursunova tomonidan ilmiy seminar oʻtkazildi. 

Dastur davomida “Inson intellektual qobiliyatini bildiruvchi ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarida milliy madaniy kodlarning berilishi” mavzusida muhokama tashkil etildi. 

 

     

Ingliz tili nazariy aspektlari - 2 kafedrasi katta oqituvchisi G. Aminova so‘zga chiqib “Hozirgi zamonaviy ingliz tilini o‘rganishda til vokabulyarini o‘rni juda ahamiyatli bo‘lib ayniqsa frazeologik birliklarni o‘rganish va nutqda qo‘llash va ularni tushuna olish ingliz tili leksikologiyasining dolzarb muammolaridan biriligi va ana shunday muammolar  ustida ilmiy izlanishlar olib borilishi xozirgi kunning dolzarb vazifasi" ekanligini ta'kidladi. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Z. Salisheva  ham o's so‘zida G.N.Tursunovaning “Inson intellektual qobiliyatini bildiruvchi ingliz va o‘zbek frazeologik birliklarida milliy madaniy kodlarning berilishi” mavzusi ilmiy - metodik jihatdan dolzarb, qiziqarli va yaxshi yoritib berilgaligini aytib o'tdi.

Ilmiy seminar uchun tanlangan mazkur mavzu dolzarb, qiziqarli va ingliz tili amaliyoti bilan yaqindan bogʻliq boʻlib, ishtirokchilar ushbu dastur orqali zarur va qimmatli bilim-koʻnikmaga ega boʻlganini ta’kidlashdi.

Yakunda G.N.Tursunova tomonidan oʻtkazilgan ilmiy seminar ijobiy deb baholandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube