OʻzDJTU Ingiliz tili 1-fakultetida navbatdagi Guest lecture - Zamonaviy mahorat darsi o‘tkazildi

Kompyuter lingvistikasi yo‘nalishi talabalari uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’ruza O‘zMU Kompyuter lingvistika   kafedrasi mudiri, professor Abduraxmonova Nilufar Zaynobiddin qizi tomonidan o’tkazildi. 

 

 

Ma’ruza “Ta’limda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanishning lingvokognitiv bosqichlari” mavzusiga bag‘ishlanib, unda sun’iy intellektning ta’lim tizimidagi o‘rni keng yoritildi. Mashg‘ulot davomida talabalar til o‘rganish jarayonida lingvokognitiv yondashuv bosqichlari, raqamli muhitda fikrlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, AI vositalaridan samarali foydalanish usullari bilan tanishdilar.

Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi o‘qituvchilari — Mamarajabov O.E., Umarova N.R., Eshpulatova H.M. tomonidan berilgan amaliy tavsiyalar treningning mazmunini yanada boyitdi. Mazkur mahorat darsi talabalar uchun nafaqat yangi bilimlar manbai, balki kelajak kasbiy faoliyatini ongli rejalashtirishga xizmat qiluvchi motivatsion uchrashuvga aylandi. 

Tadbir ishtirokchilarda zamonaviy texnologiyalar va tilshunoslik integratsiyasiga nisbatan qiziqishni yanada kuchaytirib, ularga innovatsion fikrlash ruhini bag‘ishladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube