14-aprel kuni Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tili nazariy aspektlari – 2” kafedrasi tomonidan xalqaro darajadagi mutaxassis ishtirokida ilmiy-amaliy trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Iordaniya davlatidan tashrif buyurgan, xalqaro tajribaga ega ingliz tili mutaxassisi Ahmad Altamimi ishtirok etdi. Trening “AI in academia: learning, teaching and research” mavzusiga bag‘ishlanib, zamonaviy ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan samarali foydalanish, ingliz tilini o‘qitish metodikasining ilg‘or yondashuvlari, akademik yozuv kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro ta’lim standartlariga mos pedagogik strategiyalarni yoritishga qaratildi.
Tadbir davomida mutaxassis tomonidan: sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati;
ingliz tilini o‘qitishda zamonaviy interaktiv metodlar;
akademik yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish usullari;
ilmiy tadqiqot olib borishda AI texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Trening jarayoni interaktiv ruhda o‘tib, talaba va professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlar yuzasidan yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Mazkur trening mashg‘ulotlari kafedra mudiri f.f.f.d. (PhD) M. Abduvahabova hamda kafedra katta o‘qituvchilari G. Tursunova va M. Polvanova tomonidan tashkil etildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, ishtirokchilar tomonidan ijobiy baholandi. Ushbu trening professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘zlashtirish hamda xalqaro tajribani o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube