Italiyadan kelgan stajyor o‘qituvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-yil 25-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Italiyadan kelgan stajyor o‘qituvchilar – Peruja xorijliklar universiteti magistrantlari Virginia Ghezzi va Margherita Tedoldi bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori I.M. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev hamda Italyan tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergasheva ishtirok etdi.
Suhbat davomida universitet va talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, talabalarning italyan tiliga qiziqishi va o‘zlashtirish jarayoni, shuningdek, stajyor o‘qituvchilarda yuzaga kelgan masalalar va takliflar muhokama qilindi.
Stajyor o‘qituvchilar o‘zbekistonlik talabalarining faolligidan mamnun ekanliklarini ta’kidlashdi. Ularning fikricha, dars jarayonlarida talabalar nafaqat italyan tilini o‘rganishga, balki Italiya madaniyati bilan ham yaqindan tanishishga katta qiziqish bildirmoqda.