16-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida Yangi yil bayrami munosabati bilan kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. 

Mazkur tadbir talabalar uchun bayramona muhit yaratish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yangi yil arafasida ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirda fakultet dekani Dilshod Djurayev ishtirok etib, so‘zga chiqdi. U o‘z nutqida talabalarni kirib kelayotgan 2026-yil hamda Yangi yil bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga sihat-salomatlik, o‘qishlarida yuqori natijalar, kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tiladi. Shuningdek, dekan yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishlari va faolligi tahsinga sazovor ekanini ta’kidlab, yangi yil barchaga yangi imkoniyatlar, ezgu maqsadlar va yutuqlar olib kelishiga ishonch bildirdi.

Bayram tadbiri davomida talabalar tomonidan tayyorlangan turli badiiy chiqishlar namoyish etildi. Jumladan, sahna ko‘rinishlari orqali ijtimoiy va tarbiyaviy mazmundagi g‘oyalar ifodalandi, yangi yilga bag‘ishlangan she’rlar o‘qildi hamda bayramona ruhdagi musiqiy chiqishlar ijro etildi. 

Tadbir davomida iliq va samimiy muhit hukm surib, talabalar bir-birlari bilan bayram shukuhi va quvonchini bo‘lishdilar. Kechaning yanada ko‘tarinki o‘tishida musiqiy kuy-qo‘shiqlar muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube