Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun navbatdagi mahorat darsi o’tkazildi.

Tadbir avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlashda bu kabi mahorat darsi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi. 

Xalqaro jurnalist, filologiya fanlari doktori, YUNESCOning Markaziy Osiyo davlatlari axborot va media savodxonlik bo'yicha trener Maral Aitmagambetova tomonidan talabalarga "Как создавать вовлекающие истории?" mavzusida mahorat darsi o’tkazildi. 

 Kunning 2 qismida tashkil etilgan darslar davomida talabalar OAV orqali auditoriya e’tiborini jalb etishda qo’llanilishi lozim bo’lgan usullar, to’g’ri “storytelling” tuzishning jurnalistik yondashuvlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube