MAKTABLARDA INGLIZ TILI MAŞĞULOTLARI TAŞKIL ETILDI

MAKTABLARDA INGLIZ TILI MAŞĞULOTLARI TAŞKIL ETILDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari tomonidan Toşkent şahridagi umumtaʼlim maktablarida öquvçilar uçun ingliz tili maşğulotlari taşkil etildi.

Jumladan, 287-sonli umumtaʼlim maktabining öquvçilari uçun XT1 2308-guruh talabasi Karimova Ruhşona tomonidan “Present Perfect” (Hozirgi tugallangan zamon) mavzusida maşğulot ötkazildi. Dars davomida uşbu zamonning grammatik tuzilişi, qöllaniliş holatlari va gap tuziş qoidalari tuşuntirildi.

Şuningdek, 295-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf öquvçilari uçun XTA-3 2309-guruh talabasi Şavkatova Aziza tomonidan “There is / There are” mavzusida dars taşkil etildi. Unda mazkur grammatik birliklarning qöllanilişi, birlik va köplikdagi otlar bilan işlatilişi hamda gap tuziş qoidalari örgatildi.

Bundan taşqari, 62-sonli umumtaʼlim maktabining 11-sinf öquvçilari uçun XTA-3 2412-guruh talabasi Islomova Nilufar tomonidan “Second Conditional” mavzusida maşğulot olib borildi. Darsda ikkinçi şart maylining grammatik tuzilişi, qöllaniliş xususiyatlari va turli vaziyatlarni ifodalaşdagi ahamiyati tuşuntirildi.

Maşğulotlar nazariy bilimlarni amaliy topşiriqlar bilan uyğunlaştirgan holda taşkil etilib, öquvçilarning ingliz tilidagi grammatik bilimlarini mustahkamlaş, söz boyligini oşiriş hamda amaliy muloqot könikmalarini rivojlantirişga qaratildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube