Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi oʻqituvchisi M.F.Polvonova tomonidan 2025-yil 29-yanvarda O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida mahorat darsi muhokamasi o'tkazildi.

M.F.Polvonova tomonidan “Nofilologik ta'lim muassasalarida xorijiy tillarni o’qituvchilar uchun chet tillarini o'qitishning zamonaviy metodlari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

    

    

O'zDJTU vakili xorijiy til ta'limining taqdiri jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sharoitlariga bog‘liq ekani, jahon miqyosida turli jabhalarning integratsiyalashuvi, globallashuvi zamirida yotgan olimlar xorijiy tilni bilish ahamiyatini yanada yuqori darajaga ko‘tarayotgani, integratsiya jarayonlarining jadallashuvi mutaxassisga bo‘lgan kasbiy, ijtimoiy talablarni oshirmoqda, jahon mehnat bozorida raqobatdoshlikka javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashni taqozo etayotgani bo'yicha nutq so'zladi.

So`nggi yangiliklar

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube