O'zbekiston davlat jaxon tillari universieti o'qituvchilari mashxur xorijiy universitetlar ta'limi tajribasiga asoslangan mahorat darsi tashkillashtirdilar.

Joriy yilning 19-sentabr kuni Ingliz tili 2-fakultetida Ingliz tilini o’qitish metodikasi № 2 kafedrasi katta o‘qituvchisi Zebuniso Ramazonova  va Ingliz tili nazariy aspektlari № 2 kafedrasi katta o’qituvchisi Feruza Mahmanazarova  tomonidan mahorat darsi tashkil etildi. Tadbirda Buyuk Britaniyaning mashhur Norvich til ta’limi instituti (NILE) malaka oshirish kurslarida orttirilgan tajriba, bilim va ko‘nikmalar professor-o‘qituvchilar hamda talabalar bilan bo‘lishildi.

 

   

Mazkur master klassning asosiy maqsadi - ingliz tilini samarali o’qitishda qo’llaniladigan ilg’or metodlar, dars jarayoniga doir zamonaviy interaktiv yondashuvlar, til ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish va ularni baholash mezonlarini chuqur tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilar dars jarayonida qo’llash mumkin bo’lgan metodik usullar yuzasidan o’z fikr va mulohazalarini bildirishdi. Kembridj universitetining CELTA (Certificate in English Language Teaching to Adults) kursida orttirilgan bilimlar va tajribalar almashildi, shuningdek, kelgusida amaliyotga joriy etilishi mumkin bo’lgan yangi g’oya va metodlar muhokama etildi.

Mahorat darsi o‘zining ilmiy-amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvlari, zamonaviy metodlari bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun katta qiziqish uyg‘otdi. 

Tadbir yakunida qatnashchilar Zebuniso Ramazonova va Feruza Mahmanazarovaning Buyuk Britaniyaning mashhur Norvich til ta’limi institutida orttirgan tajribalari va Kembridj universitetining CELTA kursidan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalari asosida tashkil etilgan master klass ingliz tili o‘qitish samaradorligini oshirishda muhim o‘rin tutishini e’tirof etdilar.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube