MAKTAB ÖQUVÇILARI UÇUN INGLIZ TILI TÖGARAGI ÖZ FAOLIYATINI BOŞLADI

MAKTAB ÖQUVÇILARI UÇUN INGLIZ TILI TÖGARAGI ÖZ FAOLIYATINI BOŞLADI

14-noyabr kuni Sergeli tumanidagi 104-sonli umumtaʼlim maktabida öquvçilar uçun taşkil etilgan ingliz tili tögaragining ilk maşğuloti bölib ötdi.

Mazkur maşğulot Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinçi fakulteti Ingliz tilini öqitiş metodikasi №1 kafedrasi öqituvçisi Mohinbonu Mardonova hamda fakultetning 2307-guruh talabalari Mohigul Abdurahimova va Gulmira Töxtaniyozova tomonidan taşkil etildi.

Ilk dars taniştiruv va interfaol maşğulotlar asosida ötkazildi. Unda öquvçilarga ingliz tilida özini taniştiriş, kundalik muloqotda keng qöllaniladigan iboralardan foydalaniş, sodda savollar tuziş va ularga javob beriş könikmalari örgatildi.

Maşğulot davomida öquvçilar juftliklarda va kiçik guruhlarda amaliy topşiriqlarni bajardilar. Interfaol öyinlar va jonli muloqot maşqlari orqali ularning ingliz tilini örganişga bölgan qiziqişi yanada oşirildi.

Uşbu tögarak maşğulotlari maktab öquvçilarining ingliz tilidagi oğzaki nutqi va kommunikativ könikmalarini rivojlantiriş, şuningdek, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etişga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube