23-24-oktabr kunlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar oʻrtasida  “Stritbol” sport turi boʻyicha    Toshkent shahar hududiy saralash bosqichi  oʻtkazildi. 

Mazkur musobaqada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti  qizlar  terma jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallab, Buxoro viloyatida boʻlib oʻtadigan Respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.


Ma’lumot uchun, “Stritbol” sport turining Respublika final  bosqichi 2-5-noyabr kunlari Buxoro shahrida  oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube