23-24-oktabr kunlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida qizlar oʻrtasida “Stritbol” sport turi boʻyicha Toshkent shahar hududiy saralash bosqichi oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti qizlar terma jamoasi faxrli 1-oʻrinni egallab, Buxoro viloyatida boʻlib oʻtadigan Respublika final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “Stritbol” sport turining Respublika final bosqichi 2-5-noyabr kunlari Buxoro shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.