Bugun Oʻzbekiston Jurnalistlar Uyushmasi va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti hamkorligida "Media makonda milliy kontent yaratish masʼuliyati" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. 

Tadbirni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov ochib berdi hamda fakultetda jurnalist kadrlarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtib, bugungi davra suhbatida muhokama qilinadigan mavzu universitet professor-oʻqituvchilari, talabalar,  OAV vakillari uchun muhimligini qayd etdi. Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xolmurod Saidov 2023-yil davomida Uyushma tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida gapirib oʻtdi.

Xalqaro jurnalistika fakulteti professor-oʻqituvchilari media makonda milliy kontent yaratish, dunyodagi voqealarga milliy manfaatlarimiz nuqtayi nazaridan baho berish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan oʻzlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.Davra suhbati yakunida media makonda milliy kontent yaratish salohiyatiga ega kadrlarni tayyorlash boʻyicha hamkorlik masalalari kelishib olindi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube