“Mening startap loyiham” tanlovi doirasida talaba-yoshlar innovatsion g‘oyalarini taqdim etdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Mening startap loyiham” nomli akseleratsiya dasturi tanlovi tashkil etildi.

 

 

Mazkur tanlov universitetda innovatsiyalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, talabalarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish hamda ularning g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur imkoniyat va sharoitlar yaratish maqsadida o‘tkazildi.

Tanlov doirasida tashabbuskor talaba-yoshlar o‘zlarining startap loyihalarini taqdim etishdi. Loyihalar taqdimotlari davomida ishtirokchilar o‘z g‘oyalari ustida olib borgan ishlari, loyihalarning maqsadi, istiqbollari hamda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligi haqida batafsil ma’lumot berishdi.

 

 

Mazkur tashabbus universitetda innovatsion muhitni kuchaytirish, yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish va ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube