Navro‘z kunida talabalar bilan samimiy uchrashuv

Bugun, 21-mart — Navro‘z bayrami kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan 4-, 5- va 6-talabalar turar joylarida bo‘lib, bu yerda istiqomat qilayotgan talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida bayram kunlarini talabalar turar joyida o‘tkazayotgan yoshlarning holidan xabar olinib, ularning bo‘sh vaqtlarini qanday mazmunli o‘tkazayotgani bilan qiziqildi. Rektor talabalar bilan samimiy suhbatlashib, bayram kayfiyatini ular bilan birga baham ko‘rdi.

Xususan, 6-talabalar turar joyida xorijlik talabalar bilan ham alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ularning Navro‘z haqidagi taassurotlari tinglanib, milliy qadriyatlarimiz va bayram an’analari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, talabalar bayramni ko‘tarinki ruhda, mazmunli va xavfsiz tarzda o‘tkazishlari lozimligi ta’kidlanib, ularga zarur tavsiyalar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube