ÖZDJTU — MINI FUTBOL BÖYIÇA TOŞKENT ŞAHRIDA BIRINÇI!
Ğalaba, birdamlik va jamoaviy ruh! Özbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi yana bir bor özining sportdagi salohiyati va ğalabaga bölgan intilişini namoyon etdi!
Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi, «Öqituvçi va murabbiylar kuni» hamda «Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni» bayramlariga bağişlab, «Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» ezgu ğoyasi ostida taşkil etilgan sport musobaqalarida ÖzDJTU jamoasi mini futbol böyiça faxrli 1-örinni qölga kiritdi!
Özbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyuşmasi Toşkent şahar bölinmasi Kengaşi kubogi uçun ötkazilgan mazkur musobaqada Toşkent şahridagi taʼlim muassasalarining pedagog-öqituvçilari hamda işçi-xodimlari iştirok etdi.
Bu ğalaba — jamoaviy hamjihatlik, qatʼiyat, sportga bölgan mehr va ğalabaga işonçning yorqin ifodasidir!
Bir maqsad, bir jamoa, bir ğalaba — ÖzDJTU!
Universitetimiz şarafini munosib himoya qilgan jamoamizni uşbu yuksak natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusi musobaqalarda ham zafarlar bardavom bölsin!
2026-11-04 09-15