ÖzDJTU VA “School 21” ÖRTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda “School 21” nodavlat taʼlim muassasasi örtasida özaro hamkorlik memorandumini imzolaş marosimi bölib ötdi.
Memorandum ÖzDJTU rektori Ilxomjon Madaminoviç Tuxtasinov hamda “School 21” nodavlat taʼlim muassasasi ijroçi direktori Zarina Talibovna Luxmanova tomonidan imzolandi.
Kelişuvdan közlangan asosiy maqsad taʼlim va innovatsiyalar sohasida özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş, talabalar bilim va könikmalarini oşiriş hamda ularning raqamli kompetensiyalarini şakllantirişdan iborat.
Memorandum doirasida tomonlar dasturlaş könikmalarini rivojlantiriş, ilmiy-amaliy konferensiya, forum va seminarlar taşkil etiş, xakaton va tanlovlar ötkaziş, innovatsion loyihalarni işlab çiqiş, şuningdek, talabalar uçun amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça hamkorlik olib boradilar.
Mazkur kelişuv talabalarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos tayyorlaş, ularning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda taʼlim jarayoniga ilğor tajribalarni joriy etiş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
2026-11-05 09-09