ÖzDJTU va Toşkent xalqaro sertifikatsiyalaş akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

ÖzDJTU va Toşkent xalqaro sertifikatsiyalaş akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2026-yil 22-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida ötkazilgan «Böş iş örinlari yarmarkasi» doirasida ÖzDJTU va Toşkent xalqaro sertifikatsiyalaş akademiyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumni ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov va Toşkent xalqaro sertifikatsiyalaş akademiyasi direktori Abduqaxxor Yusupov imzoladi.

Mazkur kelişuv talabalarning kasbiy salohiyatini rivojlantiriş, ularga qöşimça kasblarni egallaş imkoniyatini yaratiş hamda nazariy bilimlarini amaliy könikmalar bilan boyitişga qaratilgan. Hamkorlik doirasida buxgalteriya hisobi, personalni boşqariş, axborot texnologiyalari, raqamli marketing, xizmat körsatiş va boşqa yönalişlarda kasbiy öquv kurslarini taşkil etiş, şuningdek, xalqaro standartlar asosida sertifikatlaşga tayyorlaş közda tutilgan.

Şuningdek, öquv jarayoniga malakali mutaxassislarni jalb etiş, amaliy maşğulotlar, seminarlar va mahorat darslarini taşkil qiliş orqali talabalarning zamonaviy mehnat bozori talablariga mos kompetensiyalarini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratiladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube