ÖzDJTUda “Böş iş örinlari yarmarkasi” taşkil etildi

ÖzDJTUda “Böş iş örinlari yarmarkasi” taşkil etildi

19-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetining boş binosida bitiruvçi kurs talabalari va bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş, ularni munosib iş örinlariga yönaltiriş hamda universitet va iş beruvçi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida “Böş iş örinlari yarmarkasi” taşkil etildi.

Tadbirni ÖzDJTU xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektori Abdurahim Abdumutalipoviç Nosirov oçib berdi. U öz nutqida yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş, mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassislarni tayyorlaş hamda taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida Toşkent şahar Milliy bank boş boşqarmasining “Kelajakka qadam” loyihasi menejeri Miraʼzam Muzaffarov, FlyGo Tur agentligi rahbari Mohiçehra Aşurova hamda Original Learning Center vakillari sözga çiqib, taşkilotlari faoliyati, mavjud böş iş örinlari, yoş mutaxassislar uçun yaratilgan imkoniyatlar va kasbiy rivojlaniş istiqbollari haqida maʼlumot berdilar. Şuningdek, talabalarni öz taşkilotlaridagi mavjud vakansiyalarga taklif etib, işga joylaşiş imkoniyatlari bilan taniştirdilar.

Yarmarkada Vacandi.uz, Sçool 21, Kafil Suğurta, Alphaplast kabi korxona va taşkilotlar, taʼlim markazlari hamda boşqa iş beruvçilarning iştirok etgani tadbirning amaliy ahamiyatini yanada oşirdi. Ularning vakillari talabalar va bitiruvçilarga faoliyat yönalişlari, işga qabul qiliş talablari hamda mavjud vakansiyalar yuzasidan batafsil maʼlumot berdilar.

Mazkur yarmarka Ingliz tili 1 va Ingliz tili 3 fakultetlari, Karyera markazi hamda Registrator ofisi hamkorligida taşkil etildi.

Tadbir davomida bitiruvçi kurs talabalari va bitiruvçilar iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş, mavjud vakansiyalar bilan tanişiş, rezyumelarini taqdim etiş, işga joylaşiş böyiça maslahatlar oliş hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uçun muhim aloqalarni örnatiş imkoniyatiga ega böldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube