21- dekabr kuni OʻzDJTUga XXR Liaodong universiteti rahbariyati vakillarining tashrifi va ular bilan tashkil etilgan uchrashuv haqida xabar bergan edik.

Uchrashuvdan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida ikki universitet oʻrtasida memorandum imzolash marosimi tashkil etildi. 

Imzolangan Memorandumga koʻra, endilikda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik amalga oshirilishga kelishib olindi:

- Malaka oshirish, stajirovka oʻtash, birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida oʻqituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvi;

- Til bilimlarini oshirish maqsadida talabalar almashinuvi, yoshlar forumlari va tanlovlarida ishtirok etish, shuningdek, ikki mamlakat xalqlari madaniyati va anʼanalari bilan tanishish maqsadida qishki va yozgi maktablarini tashkil etish;

- Xitoy va boshqa xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha dolzarb mavzular boʻyicha xalqaro konferensiyalar, forumlar, seminarlarda oʻqituvchi va olimlarni ishtirok etishini tashkil etish.

- Xitoy Xalq Respublikasining yetakchi universitetlari bilan tomonlar uchun taʼlim va magistraturaning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturlarini joriy etish va amalga oshirish;

- OʻzDJTU bazasida xitoy tilidan xalqaro standartlashtirilgan malakaviy yozma imtihonini (keyingi oʻrinlarda HSK deb yuritiladi) oʻtkazish boʻyicha test markazini ochish;

- Tomonlarning oʻzaro manfaatdor boʻlgan boshqa sohalarda oʻzaro hamkorlik.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube