Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti fakultetlarining hisobot-yigʻilishlari davom etmoqda

27-iyun kuni O‘zDJTU Rus filologiyasi fakulteti dekani Aziz Raxmonov tomonidan rektor Ilxomjon Tuxtasinov rahbarligidagi oliygoh mas’ullariga 2024–2025 o‘quv yili yakuni bo‘yicha hisobot taqdim etildi. 

 

 

Mas’ullar uchun maxsus hisobot varaqalari ham ishlab chiqilib, Rus filologiyasi fakultetining bir yil mobaynida: 
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat;
Oʻquv-uslubiy ishlar;
Ilmiy salohiyat;
Xalqaro aloqalar va hamkorliklar;
Iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha erishgan yutuqlari tahlil qilindi, takomillashtirilishi mumkin boʻlgan jihatlar koʻrib chiqildi. 
Xususan, 2024–2025 o‘quv yili yakunidagi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Shuningdek, 2025–2026 o‘quv yili uchun ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilab olindi.

Oliygoh mas’ullari tomonidan Rus filologiyasi fakulteti qayd etgan natijalar ijobiy baholanib, ayniqsa, fakultetning xalqaro reytinglarga koʻtarilishdagi oʻrni beqiyos ekani e’tirof etildi. 

Rektor Ilxomjon Madaminovich fakultet jamoasiga bildirilgan ishonch va kutilyotgan yuqori natijalarga urg‘u berar ekan, yangilanishlarga ochiqlik va barqaror rivojlanish sari faol intilish muhimligini ta’kidladi.

 

 

Yig‘ilish davomida prorektorlar va boʻlim boshliqlari professor-o‘qituvchilar faoliyatiga doir taklif va mulohazalarini bildirishdi. Fakultet jamoasi tomonidan esa yangi o‘quv yilida samaradorlikni oshirish, xalqaro faoliyatni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni jadallashtirishga doir aniq reja va tashabbuslar ilgari surildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube