O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Ispaniyaning Leida universiteti o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

25-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Ispaniyaning Leida universiteti o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda Leida universiteti tomonidan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Dr. Toni Granollers Saltiveri, Filologiya fakultetining xalqaro ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Guzman Mancho Bares hamda Filologiya fakultetining professori Mariya Calero Fernandez, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan esa Roman-german filologiyasi fakulteti dekani Xamidullo Xakimov, Registrator ofisi boshlig‘i Adilbek Xalillayev, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Husanboy Yuldashev hamda Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Iroda Turamuratova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldilar:
-Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi loyihalarini amalga oshirish;
-Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda hammualliflikda ilmiy maqolalar chop etish;
-Xalqaro ilmiy seminar va konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish;
-Leida universitetidan professor-o‘qituvchini O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dars berishga jalb etish;
-Akademik hamkorlik doirasida istiqbolli tashabbuslarni amaliy bosqichga o‘tkazish.

Uchrashuv yakunida ikki tomon ham mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, akademik va ilmiy aloqalarni yanada kengaytirishga doir qat’iy islohotlarni amalga oshirish borasida o‘zaro fikr almashdilar.

Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube