O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Université Sorbonne Paris Nord: hamkorlik yangi bosqichda! 

11-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU) rektori Ilxomjon Tuxtasinov Université Sorbonne Paris Nord (USPN) universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida universitet prezidenti Arnaud Regnauld janoblari rektorni kutib oldi va hamkorlik memorandumini amaliy jihatdan rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

 

 

Tashrif davomida Ilxomjon Tuxtasinov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib bordi:

- Université Sorbonne Paris Nord universitetining ilmiy va akademik faoliyati bilan tanishdi;
- Universitet infratuzilmasi, ta’lim sharoitlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rgandi;
- O‘quv jarayonini yanada yaqinroq tushunish maqsadida fransuz professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib, ta’lim uslublari bo‘yicha fikr almashdi;
- O‘zDJTU va USPN talabalari uchun akademik almashinuv dasturlarini soddalashtirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishdi;
- Qo‘shma ilmiy loyihalar, xalqaro konferensiyalar va nashrlar ustida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

 

 

Muzokaralar chog‘ida Ilxomjon Tuxtasinov O‘zDJTU va USPN o‘rtasidagi hamkorlik faqat akademik almashinuv bilan cheklanib qolmasligi, balki ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilarning malaka oshirishi, qo‘shma ta’lim dasturlari va madaniy hamkorlik orqali ham rivojlanishi lozimligini ta’kidladi.

Université Sorbonne Paris Nord universiteti rahbariyati O‘zDJTU bilan hamkorlik qilishdan mamnun ekanini bildirib, kelgusida qo‘shma dasturlarni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube