3-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili 1-fakulteti, Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili 3-fakulteti hamda Tarjimonlik fakultetida 1-kurs talabalari uchun tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Rektor nutqida yangi o‘quv yilini boshlagan yoshlarni samimiy tabriklab, talabalik hayotining mas’uliyatli bosqichi, ilmiy izlanishlar va xorijiy tillarni chuqur o‘zlashtirish muhimligini alohida ta’kidladi.
Marosimda fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etib, yoshlarga o‘z tilaklarini bildirishdi. Fakultet dekanlari yangi o‘quv yilining rejalari, ta’lim dasturlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Tadbir yakunida eng yuqori ball to‘plab talaba bo‘lgan yoshlar va ularning ota-onalariga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar taqdim etildi.
⸻
Ma’lumot uchun:
2025–2026 o‘quv yilida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining:
• Ingliz tili 1-fakultetiga — 431 nafar,
• Ingliz tili 2-fakultetiga — 617 nafar,
• Ingliz tili 3-fakultetiga — 400 nafar,
• Tarjimonlik fakulteti (kunduzgi) — 346 nafar, (kechki) — 153 nafar talaba qabul qilindi.