Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida BMI himoyalari davom etmoqda
17-iyun kuni OʻzDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida Bitiruv malakaviy ishi himoyalarining 2-kuni tashkil qilindi.
Dasturda fakulteti dekani Yusufjon Azzamov boshchiligidagi hay’at a’zolari ishtirok etdi. Tadqiqot ishini topshirayotgan har bir bitiruvchi talaba oʻz ilmiy ishi doirasida berilgan savollarga asosli javob berdi.
Himoya yakunida mutaxassislar tomonidan barcha talabalarning baholari e’lon qilindi.