O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Navro’z ayyomi keng nishonlandi. 

21-mart — Navro’z umumxalq bayrami munosabati bilan 19-mart kuni O’zDJTU ning har bir fakultetida bayram-tadbirlari tashkil etildi. 

Shodiyona davomida universitetning faol va iqtidorli talabalari tomonidan milliy kuy-qo’shiqlar kuylandi, raqslar, sahna ko’rinishlari ijro etildi, o’yinlar, aytishuvlar, sport musobaqalari va boshqa an’anaviy bellashuvlar o’tkazildi, shuningdek, har bir fakultet, an’anaga muvofiq, respublikamizdagi 12 viloyatga tegishli bo’lgan milliy taomlardan dasturxon tuzadi, milliy kiyimlarimiz namoyishini taqdim etdi. 

O’zDJTUning Zakovat ko’chasi 4-uy manzilida joylashgan binosida qo’y so’yilib, 2 ta doshqozonda o’zbek shoxona milliy taomi bo’lmish osh pishirildi va hududdagi TTJ talabalari, xususan, bayram-dasturida ishtirok etganlarning barchasiga tarqatildi.

Universitetning har bir fakultetida Navro’zi olam shodiyonasi quvnoq va jo’shqin, yuqori bahoriy kayfiyatda o’tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube