O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda.
2024/2025 o‘quv yili kuzgi semestrining yakuniy nazorat imtihonlari universitetda belgilangan grafik asosida o‘tkazilmoqda. Talabalar maxsus testlarga mo‘ljallangan kompyuterlarda, shaffof va adolatli sharoitlarda imtihon topshirishmoqda.
Talabalarga mobil qurilmalardan foydalanish taqiqlangan bo‘lib, jarayonlar kameralar va nazoratchilar orqali kuzatib borilmoqda.
Bu tizim universitetda bilimlarni baholash jarayonining yanada shaffof va adolatli amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Imtihonlarda ishtirok etayotgan barcha talabalarga muvaffaqiyat tilaymiz!