O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida qo‘shma universitet ochilishi yo‘lida yana bir muhim qadam

2025-yil 13–may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida ochilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma universitet doirasida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Fransiyaning Puatye universitetidan Xalqaro hamkorlik aloqalari va xorijiy talabalar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Karoline Belan-Menagier, universitet magistratura bo‘limi koordinatori janob professor Freiderikos Valetopoulos va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.

     

      

13-may kuni mehmonlar O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich To‘xtasinov qabulida bo‘lishdi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama ilmiy va akademik hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Davra suhbati universitetning Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Abdurahim Abdimutalipovich Nasirov qabulida davom etdi. Unda Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Patxiddin Nishonov, Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi mudiri Gulsanam Raximova, katta o‘qituvchi G‘ayrat Masharibov hamda o‘qituvchi Ma’ruf Uzkinov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bo‘lajak universitetning o‘quv dasturi, dars soatlari, o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tartibi, talabalar qabul jarayoni va sanalari, zarur hujjatlar, baholash tizimi kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

   

   

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube