O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari orasida O‘zDJTU 1-o‘rinda!

UniRank saytining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti respublikamizdagi 80 ta oliy ta’lim muassasalari orasida onlayn faollik bo‘yicha 1-o‘rinni, dunyodagi 14 000 dan ortiq universitetlar orasida esa 2 038-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun: UniRank har 6 oyda dunyoning 200 ta davlatidagi 14 000 dan ortiq universitetlarning internet reytingini tahlil qiladi. Bunda 5 ta mustaqil veb-metrika qo‘llaniladi: universitet veb-saytining mashhurligi, domen nufuzi (domain authority), tashqi havolalar (backlinks), web-trafik (kirishlar soni), shuningdek ijtimoiy tarmoqlardagi faollik — Telegram, Instagram, Facebook, YouTube platformalariga joylashtirilgan sifatli audiovizual va matnli kontent hamda universitetning umumiy internetdagi ko‘rinishi. Intellektual tizimlar har bir sahifaga tashriflar soni va qidiruv tizimlarida necha marta izlanuvchanligini muntazam hisoblab boradi. Shu tariqa reyting aniqlanadi.

Universitet jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!
O‘zDJTU sifatli ta’lim, innovatsion yondashuv va xalqaro maydonda munosib o‘rin egallash yo‘lida izchil faoliyat olib borishda davom etadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube