OʻzDJTU Braziliya va Argentinaning nufuzli OTMlari bilan hamkorlik aloqasi oʻrnatmoqda.
Hozirgi kunda Braziliyaning nufuzli San Paulu va Kampinas universitetlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatish masalalari boʻyicha kelishuvlarga erishmoqdamiz. 2024-yil 16-iyun kuni Kampinas universiteti xalqarolashtirish masalalari boʻyicha boʻyicha ijrochi direktori, professor doktor Osvaldir Taranto hamda boʻlim boshligʻi Mayara Ferreira Morais hamda OʻzDJTU xalqaro ishlar boʻyicha prorektori Abdurahim Nasirov, boʻlim boshligʻI Husan Yuldashev va professor Dilrabo Baxronovalar oʻzaro hamkorlik Memorandumini imzolash hamda kelgusida portugal tilini 2-til sifatida ochish masalasi boʻyicha onlayn tarzda davra suhbati olib bordilar.
Suhbatda, xorij tomoni bilan oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini imzolash, mutaxassis va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, oʻzaro tashrif muddatini kelishish; xizmat safariga yuboriladigan delegatsiya tarkibini shakllantirish, xizmat safarini amalga oshirish va belgilangan ikkitomonlama manfaatli tadbirlarni tashkil etish, YUNESKO 43-sessiyasining mazmun-mohiyati, Oʻzbekiston tashabbuslari toʻgʻrisida maʼlumot berish; mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalar hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha qisqa maʼlumotlar, xorij tomoniga Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish boʻyicha oʻzaro fikrlar almashinildi.