2024-yil 12-14 noyabr kunlari Italiyaning Neapol shahrida Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN)ning 9-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi. 

Mazkur tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasidan tarkibidan oliygoh professori Gʻ.Raximov hamda Tarjimonlik fakulteti talabasi ishtirok etdi.

 

 

 

Tashrif davomida OʻzDJTU delegatsiyasi xalqaro anjuman doirasida tashkil etilgan quyidagi bir qator tadbirlarda faol qatnashdi.
1. 11-noyabr kuni Napoli universiteti talabalari tomonidan tayyorlangan Napoli musiqa konservatoriyasida tashkil etilgan turli xalqlar musiqiy chiqishlar konserti;
2. 12-noyabr kuni Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻining 9-Bosh Assambleyasining ochilish marosimida; 
3. Bosh Assambleyaning tashkiliy yigʻilishi, Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi ilmiy koferensiyasi hamda SUN tomonidan tashkil etilgan talabalar insho va fotosuratlar tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi;
4. 13-noyabr kuni Napoli universiteti tomonidan tashkil etilgan va ushbu oliy ta’lum muassasasi asoschisi Matteo Ripaga bagʻishlangan maxsus tur va ilmiy anjuman. 

 

 

Ma’lumot uchun: Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN) yirik sivilizatsiyalar vatani sifatida asrlar davomida gʻurur va iftixor manbai boʻlib kelgan qadimiy Ipak yoʻlining tarixiy qiymatini tiklaydigan turli taʼlim loyihalarini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, bugungi kunda dunyoning koʻpgina mamlakatlaridan 80 dan oshiq oliy taʼlim tashkilotlarini qamrab olgan. Ipak yoʻli tarixidan olingan qimmatli qadriyat sifatida tinch-totuv yashash va xalqaro farovonlik kaliti individual tafovutlar ajratishga emas, balki xalqlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka qaratilishi kerak degan maqsadlarga muvofiq, Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN) oliygohlarning birlashishi milliy, diniy va madaniy chegaralarni kesib oʻtuvchi ziyolilar oʻrtasida hal qiluvchi harakatlarga olib keladigan fikr almashishni rivojlantirishga qaratilgan. 

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ushbu nufuzli tashkilot bosh kengashi aʼzosi hisoblanadi.

Xususan, 14-noyabr kuni Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi Bosh Assamleyasi umumiy yigʻilishi va ilmiy anjumani oʻz ishini davom ettirdi va yigʻilishda OʻzDJTU professori Gʻ.Raximovning universitetlar reytingini va uni takomillashtirishga bagʻishlangan maʼruzasi tinglandi. 

Anjumanning yopilish marosimida ham OʻzDJTU delegatsiyasi aʼzolari faol ishtirok etishdi. 

 

 

Yigʻilish yakuniga koʻra, Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻining 2025-yildagi yigʻilishini Oʻzbekistonda tashkil etishga kelishib olindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube