O‘zDJTU delegatsiyasining Gruziyaga tashrifi bo‘lib o‘tdi
2026-yil 31-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Gruziyaga tashrifi doirasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rektori I. Tuxtasinov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev Tbilisi davlat universiteti rahbariyati va mas’ul xodimlari bilan muloqot olib bordilar.

Uchrashuvda Tbilisi davlat universitetining internatsionalizatsiya va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, Gruzin tili instituti direktori, Lingvistika instituti direktori hamda Xalqaro hamkorlik departamenti vakillari ishtirok etdi.
Muloqot avvalida O‘zDJTU faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng I. Tuxtasinov universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rni, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi strategik rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ta’lim va ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Jumladan, O‘zDJTUda gruzin tilini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish, tarjimonlar tayyorlash va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Tbilisi davlat universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.