19-mart kuni OʻzDJTU O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov rahbarligida Kechki va sirtqi ta’lim fakulteti 4-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 

 

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-son Qarorining mazmun va mohiyati talabalar e’tiboriga yetkazildi.  

 

Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilarining ishga joylashtirishiga ko‘maklashishga qaratilgan “Kelajakka qadam” dasturi amalga oshiriladi. Dasturning maqsadi yoshlarning bandligini ta’minlash, OTTlari mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish, talabalar o‘rtasida sohalar bo‘yicha ochiq tanlovlar o‘tkazish va g‘oliblarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.

 

Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube