O’zDJTU O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi ijtimoiy videoroliklar tanlovini e’lon qilgan edi.
Tanlovga materiallarni qabul qilish joriy yilning 4-dekabriga qadar davom etdi.
Bugun, 6-dekabrdan videoroliklarni baholash uchun tuzilgan komissiya o’z ishini boshladi.
Ma’lumot uchun, komissiya a’zolari qatoriga O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, dotsent, “Do’stlik”, “Shuhrat” medallari sohibi xalq sevgan rejissyor, aktyor, ssenarist Hilol Nasimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Valijon Saidov va Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’lim boshlig’i Bahodir Hoshimov kiritilgan.