11-yanvar kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori A.Nasirov rahbarligida 14-yanvar kuni Finlyandiya va Shvetsiyaga joʻnab ketadigan rahbar-xodimlar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashdi.
I.Tuxtasinov Finlyandiya va Shvetsiyadagi maktabgacha va maktab taʼlimi, oliy taʼlim muassasalari faoliyati, joriy etilgan oʻqitishning ilgʻor metodlari bilan yaqindan tanishish va oʻquv-uslubiy manbalar bilan taʼminlanganlik darajasini oʻrganish, shuningdek, ilmiy tadqiqot sohasidagi yutuqlari bilan oʻrtoqlashish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Maʼlumot uchun: Toshkent shahridagi Xalqaro Nordik universiteti bilan imzolangan kelishuvga asosan, Finlyandiya va Shvetsiya taʼlim tizimini oʻrganish, malaka oshirish va amaliyot oʻtash hamda mazkur davlatlarning yetakchi OTMlari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida OʻzDJTU vakillari xizmat safariga joʻnab ketmoqda.