O'zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov talabalarning muammolarini o'rganish maqsadida Ingliz filologiyasi fakultetida bo’ldi.

Tashrif davomida talabalar bilan muloqot qilib, ularning o'qish jarayonlari va yotoqxona masalalari bo'yicha taklif va muammolarini o'rgandi. 

Shuningdek, ayni kunlarda bo'lib o'tayotgan qishki semestr uchun yakuniy imtihon jarayonlarida ham ishtirok etdi. 

Jarayonlarning shaffof va korrupsion holatlardan holi tarzda o'tayotganligiga ahamiyat qaratdi hamda mas'ul rahbarlarga yakuniy nazoratlarni adolatli o'tkazilishi, talabalar bilimini to'g'ri va haqqoniy baholash kerakligi bo'yicha o'z ko'rsatmalarini berib o'tdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube