OʻzDJTU rektori universitetning Sharq filologiyasi fakultetida bo’lib, fakultet talabalari muammolarini oʻrgandi. 

Bugun OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitetning Sharq filologiyasi fakultetida bo'ldi.

U yerda fakultet talabalarining sessiya jarayonlarida ishtirok etdi hamda yakuniy imtihon jarayonlarining shaffof va korrupsion holatlardan holi tarzda oʻtayotganligiga ahamiyat qaratdi. Shuningdek, talabalar bilan muloqot qilib, ular duch kelayotgan muammolar bilan qiziqdi. Imtihon jarayonlari odilona boʻlishi kerakligini taʼkidlab, aks hollarga duch kelinsa, rahbariyat xodimlariga murojaat qilishni tavsiya qildi.

Tashrif doirasida fakultetda talabalarning IT sohasida bilimlarini mustahkamlash maqsadida keltirilgan yangi kompyuterlar va zamonaviy texnik jihozlar bilan taʼmirlangan xonani koʻzdan kechirdi va unda tashkil etilishi kerak boʻlgan qo'shimcha sharoitlar  haqida oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube