O‘zDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili amaliy fanlar kafedrasi 2-kurs talabalari malakaviy amaliyotga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazdi!
Roman-german filologiyasi fakulteti talabalari uchun malakaviy amaliyotga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir talabalarning pedagogik faoliyatga tayyorgarligini oshirish, o‘qitish metodlari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirildi.
Tadbirda fakultet dekani X. Xakimov, kafedra mudiri P. Nishonov, fransiyalik professor-o‘qituvchi Marechal hamda kafedra o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Dekan X. Xakimov ushbu tadbirning ahamiyatini ta’kidlab, malakaviy amaliyot talabalar uchun nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash imkoniyati ekanini qayd etdi.
Amaliyot rahbarlari:
Z. Davronova
D. Otamurodova
Rahbarlar tomonidan har bir talabaga mavzular taqsimlanib, ilmiy-taqdimotlar tashkil etildi. Tadbir davomida zamonaviy o‘qitish metodlari, interaktiv dars usullari va samarali pedagogik yondashuvlar muhokama qilindi. Yakuniy qismda talabalarning chiqishlari tahlil qilinib, metodik tavsiyalar berildi.
Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadlari:
Pedagogik jarayonning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish;
Chet tilini o‘qitishda innovatsion usullardan foydalanish;
O‘qituvchilik faoliyati uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirish;
Muloqot va dars tashkil etish qobiliyatini rivojlantirish;
Kasbiy mahoratni oshirish va tajriba orttirish.
Malakaviy amaliyot – kelajakdagi o‘qituvchilik faoliyati uchun mustahkam poydevor!