Joriy yilning 11-yanvar kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasida seminar boʻlib oʻtdi.

Unda kafedraga biriktirilgan tayanch doktorantlar M.D.Radjabova va Sh.M.Raximova “Ilmiy maqola yozish tartibi”mavzusida, Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi stajyor oʻqituvchilari S.Mardonov bilan F.Muhammadjanov “Modern teaching methods” va “Ona tilisi arab tili boʻlmaganlar uchun vosita tilidan foydalanmasdan arab tilini oʻqitish” mavzularida taqdimot oʻtkazdi.

Prezentatsiya davomida arab tili kafedrasi oʻqituvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Dasturdan koʻzlangan maqsad oʻqituvchilarning malakasini yanada oshirish va bir-biri bilan o’zaro fikr almashishiga sharoit yaratishdan iborat. 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube