O‘zDJTU vakili xalqaro Jamoat kengashi a’zosi bo‘ldi
Rossiya Federatsiyasining Moskva şahrida A.S. Puşkin nomidagi Davlat rus tili instituti huzuridagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlarida rus tilini o‘qitiş bo‘yicha tayanç taşkilot Jamoat kengashining yangilangan tarkibdagi ilk yiğilişi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur kengash tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi vakili sifatida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Azizxon Bositxonoviç Raxmonov kiritildi.
Jamoat kengashining asosiy maqsadlari:
Rus tilini o‘qitiş sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş;
Rus tili va adabiyotini o‘qitişning zamonaviy metodikalarini rivojlantiriş;
Qo‘şma ilmiy tadqiqotlar va xalqaro ta’lim loyihalarini amalga oşiriş;
Pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va ilğor pedagogik tajriba almaşiş;
MDH mamlakatlarining yagona ta’lim makonini rivojlantiriş.
Universitetimiz vakilining mazkur xalqaro kengash tarkibiga kiritilişi O‘zDJTUning xalqaro ilmiy-pedagogik hamkorligini kengaytiriş, rusistika sohasini rivojlantiriş hamda universitetning xalqaro nufuzini yanada oşiriş yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.